Rossiyaning Suriyadagi kontingetida xizmat ötayotgan oddiy askar Kostenko halok bölgani yuzasidan uşbu mamlakat mudofaa vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Aytilişiça, Kostenko töy va avtomobilga pul işlaş uçun öz ixtiyori bilan Suriya operatsiyasiga qöşilgan. U doimiy ravişda sevgan qizi Tatyana Suprun bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Uning telefonlaridagi SMS-xabarlar tahlili şuni körsatdiki, ular örtasidagi munosabatlar ança murakkab bölgan: qiz muloqot örnatiş taşabbusini körsatmagan, yigitning xabarlariga esa qöpol javoblar bergan.
24 oktabr kuni Kostenko qizga qönğiroq qilgan, ammo qiz mehmonda ekanligini aytib, muloqot qilişdan boş tortgan.

Öşa kuni askar ota-onasi bilan telefon orqali yarim soat gaplaşgan va, xizmatdoşlarining ta'kidlaşiça, ança mamnun va xursand köringan.
Soat 16:00da u harbiy maşinaga minib, avtopark tomon ketgan. Oradan bir muddat ötib uning tanasi topilgan. Uning ikkala telefonida ham oxirgi qönğiroqlar sevgan qiziga yöllangan edi, ammo, ta'kidlanişiça, 10ga yaqin qönğiroqqa Suprun javob bermagan.

Ayrimlar bu versiyani şubha ostiga olmoqda hamda Kostenkoning öz joniga qasd qilişiga asos körmayaptilar. Jumladan, Tatyana Suprun ularning munosabati yaxşi bölganligini, oxirgi kuni telefondan gaplaşganlarini ta'kidlamoqda.
Vadim Kostenko Krasnodar ölkasining Greçanaya Balka qişloğida dafn etildi.