Wall Street Journal naşri Twitter ijtimoiy tarmoğining daromadlari va foydalanuvçilari haqidagi ma'lumotlarni tahlil qildi va ijtimoiy tarmoqning bu körsatkiçlari ösişi sekinlaşganini qayd qildi.
Twitter’ning 2015 yil 3-çorakdagi foydalanuvçilarining bir oydagi örtaça miqdori 2014 yilning 3-çoragiga nisbatan bor-yöği 8 foizga köpaygan. Kompaniya aksiyalari bir neça soat içida 11 foizga köproqqa arzonlaşib ketgan.
Foydalanuvçilar soni ösişi Twitter uçun hal qiluvçi jihat hisoblanadi, çunki kompaniya daromadlari e'lonlarning körilişi hisobiga oşib boradi. Kompaniyaning 2015 yil 3-çoragidagi daromadlari 569 mln dollarni, ya'ni ötgan yildagiga nisbatan 58 foiz köproqni taşkil qildi. Bu raqamlar salmoqli körinişi mumkin, biroq ösiş sur'atlari 2014 yilning 2-çoragidan beri pasayib bormoqda.
Twitter’da 4-çorakda 695 mln dollardan 710 mln dollargaçani taşkil qilişi kutilayotgani aytildi va bu prognozlarda berilgan 741 mln dollardan ança kamroqni taşkil qilmoqda.
Kompaniya foydalanuvçilarni jalb qilişning turli usullaridan foydalanmoqçi. Bunday usullardan biri yangi “Lahzalar” (“Momenty”) bölimi böladi, bu bölimda joriy yangiliklar haqida tvitlar berib boriladi.






