27 oktabrda bölib ötgan Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hay'ati yiğilişida mobil aloqa xizmatlarini körsatiş sifatini ta'minlaş masalasi körib çiqildi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, yiğilişda Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi “COSCOM” QK (Ucell), “Özbektelekom” AJ (Uzmobayl), “RWC” QK (Perfectum) va “UNITEL” MÇJ (Bilayn) mobil aloqa operatorlari körsatadigan xizmatlar sifatini tahlil qilib çiqdi.

Tahlilga köra, uşbu mobil aloqa operatorlari Özbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar töğrisida”gi qonuni talablari böyiça qoidabuzarliklarga yöl qöya boşlaşgan. Xususan, körsatiluvçi xizmatlar sifati qonunçilikda örnatilgan standart, qoida va me'yorlarga muvofiq kelişi ta'minlanmayapti.

Şu sababli, mobil aloqa mijozlaridan tuşgan şikoyatlar tahlili natijalariga köra, uşbu mobil aloqa operatorlariga mobil aloqa sifatini qonunçilikdagi me'yorlarga muvofiq yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş vazifasi yuklandi.