Kataloniyaning «Barselona» futbol klubi öz muxlislariga uçraşuv paytida Kataloniya mustaqilligi uçun kuraşiş ramzini anglatuvçi bayroqlardan foydalanişga ruxsat bermoqçi va UYeFA tomonidan qöyiladigan talablarga böysunmoqçi emas. Bu haqda Marca naşri xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozişiça, «Barselona» Yevropa çempionlar ligasining BATEga qarşi uy uçraşuvida (4 noyabr kuni bölib ötadi) xuddi şunday turdagi 20 mingta bayroqlardan foydalaniş uçun muxlislarga şaroit yaratib bermoqçi.
Eslatib ötamiz, bunga qadar «kök-anorranglilar» muxlislarning mazkur körinişdagi bayroqlardan foydalangani uçun UYeFA tomonidan ikki marotaba jazolanişga ulgurişgan.






