FIFA prezidenti Yozef Blatter 2022 jahon çempionati mezbonligini AQŞ emas, Qatar yutganidan xafa bölganini tan oldi. Bu haqda u Financial Times naşriga bergan intervyusida tan olib ötgan.
«Ovoz beriş yaşirin byulletenlar orqali amalga oşirilgan. AQŞ Yevropaning törtta ovozini boy berdi va hisob Qatar foydasiga 14:12 körinişini oldi. Agar öşanda AQŞ ğolib bölganida biz FIFAdagi muammolar haqida emas, balki Rossiya va ştatlarda ötgan ajoyib JÇlar haqida gaplaşib ötirgan bölardik».
«Siz öşanda konvertni oçib JÇ-2022 mezbonligini Qatar yutganini e'lon qilganimda yuzimni körganmisiz? Öşa paytda men xursand odamlar qatorida emasdim», — deya qayd etib ötgan Blatter.
Eslatib ötamiz, bugun şveysariyalik mansabdor JÇ-2018 mezbonligi Rossiyaga sirli kelişuv asosida olib berilganini ma'lum qilgandi.
Blatterning sözlariga köra, JÇ-2018 va JÇ-2022 ikkita yetakçi davlat — Rossiya va AQŞga olib berilişi kerak bölgan. Biroq sönggi daqiqalarda öşa paytda Fransiya prezidenti lavozimida ötirgan Nikolya Sarkozi UYeFA prezidenti Mişel Platinini AQŞni emas, Qatar variantini qöllab-quvvatlaşga köndirgan.






