Dori-Darmon AK dorixonalar va dori vositalari narxlarini Özbekiston oçiq ma'lumotlar portaliga joylaştirdi.
Uşbu röyxatdan kompaniyaga tegişli dorixonalar nomlari, manzillari, aloqa raqamlari va iş soatlari haqidagi ma'lumotlar örin oldi. Şuningdek, röyxatga dorixonalarni topiş uçun qulaylik yaratiş maqsadida elektron xarita ilova qilindi.
Ayni kunlarda Dori-Darmon AK strukturasida 1 364 dorixona va dorixona filiallari mavjud.
Dori vositalari röyxatida esa Toşkent şahri va viloyati, Namangan, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari va Termiz şahrida joylaşgan dorixonalarda realizatsiya qilinadigan 1 729 nomdagi dori vositalari haqida ma'lumotlar keltirildi.
Kompaniya matbuot xizmatining ta'kidlanişiça, bu ma'lumotlar ayrim hollarda kuzatilişi mumkin bölgan dori vositalari narxlarini oşirib sotiş holatlarining oldini olişga xizmat qiladi.






