AQŞning Florida ştatidagi Fort-Loderdeyl aeroportida 29 oktabrda Boeing 767 samolyoti çap dvigatelining yonib ketişidan keyin yölovçilar evakuatsiya qilinayotgan paytda 21 kişi jarohat oldi. Bu haqda aeroport joylaşgan Brouard okrugi öt öçiriş-qutqaruv boşqarmasi ma'lum qildi.
Bir erkak yölovçi evakuatsiya paytida uçiş-qöniş polosasidan yugurib ketayotganda qoqilib ketib, boşidan jiddiy jarohat olgan. Avvalroq 15 kişi jarohat olgani ma'lum qilingandi.
Dynamic Airways aviakompaniyasiga tegişli Boeing 767 samolyoti çap dvigateli samolyot Karakasga uçişga hozirlik körayotganda, uçiş-qöniş polosasida bölganda yonib ketgan. Uçiş-qöniş polosasiga çiqqan boşqa samolyotlar uçuvçilari samolyotning çap dvigatelidan yoqilği oqayotganini körib, bu haqda nozirlarga xabar berişgan. Yonğin oqibatida dvigatel va çap qanot butunlay yonib ketgan. Yölovçilar samolyotni havo töldirilgan traplar orqali tark etişgan.
Dynamic Airways kompaniyasida ma'lum qilinişiça, samolyotda 110 nafar yölovçi va 9 nafar ekipaj a'zosi bölgan. Guvohlarning aytişiça, ekipaj a'zolari bu vaziyatda özlarini bosiq tutib, tezkorlik hamda uyuşqoqlik bilan harakat qilişgan.
Ma'lum qilinişiça, voqeani tergov qiliş uçun AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi, Boeing kompaniyasi, dvigatellar işlab çiqaruvçi Pratt&Whitney kompaniyasi va Dynamic Airways aviakompaniyasi vakillaridan iborat komissiya tuzilgan.
CNN telekanalining ma'lum qilişiça, samolyot 29 yil avval qurilgan bölib, oxirgi marta joriy yilning iyunida texnik körikdan ötgan. Aynan öşanda yonib ketgan dvigatel almaştirilgan. U bor-yöği 200 soat ekspluatatsiya qilingan.






