2015 yil 21 may kuni Germaniya Bundestagi sobiq sovet harbiy asirlariga ularga körsatilgan adolatsizlikni tan oliş sifatida ramziy yordam puli beriş haqida qaror qabul qildi, deb xabar qiladi Germaniya Toşkentdagi elçixonasining Madaniyat va matbuot bölimi.

Unga köra, 1941 yil 22 iyundan 1945 yil 8 maygaça davom etgan Ikkinçi Jahon uruşi mobaynida nemis asirligida bölgan sovet harbiylari 2500 yevro miqdorida bir martalik yordam puli olişi mumkin.

Qarorda qayd etilişiça, mazkur yordam puliga nisbatan huquqiy da'volar qabul qilinmaydi, yordam puli oliş huquqi uçinçi şaxslarga ötkazilmaydi va meros qilib ham qoldirilmaydi. Pulni oliş uçun faqat jabrlanuvçining özi yoki rasmiy vakili ariza berişi mumkin.

Yordam pulini oliş haqidagi batafsil ma'lumot alohida hujjatda bayon qilinadi. Uni oliş uçun ariza erkin yozilişi va hozirdanoq Germaniyaning Markaziy xizmatlar va hal qilinmagan mol-mulk masalalari böyiça federal qömitasiga quyidagi poçta manziliga yuborilişi mumkin:

Bundesamt für zentrale Dienste und offene Vermögensfragen

DGZ Ring 12

13086 Berlin

Arizaga quyidagilar talablar qöyiladi:

- arizaçi sobiq sovet harbiy asirlariga körsatilgan adolatsizlikni tan oliş sifatida beriladigan yordam pulini oliş uçun ariza topşirayotganini yozma ravişda bayon qilişi;
- yaşaş manzilini töliq va aniq, ism-familiya va otasining ismi bilan birga tuğilgan sanasini ham körsatişi lozim.

Uşbu ma'lumotlar arizaçiga rasmiy blankani jönatişi uçun yetarlidir. Çunki öşalar asosida undan qöşimça ma'lumot va hujjatlar talab qilinadi.

Erkin ravişda yozilgan arizada qöşimça ma'lumotlarni qayd etmaslik uçun ariza blankasini har qanday holatda töldiriş lozim böladi, deyiladi elçixona xabarida.