Apple kompaniyasining sönggi flagmani – iPhone 6s ommaga taqdim etilganidan bir oy ötib, uning “xitoyça” nusxasi ham tarqab ulgurdi. Uşbu nusxani rasmiy 649 dollardan 17 barobar arzon narxda sotib oliş mumkin. U haqiqiy versiyadagi ranglar – kumuş, tilla va puştirangda sotilmoqda.

Smartfon nusxasi tejamkor körsatkiçlarga ega. Unga Spreadtrum SC773 protsessori hamda 512 MB tezkor hamda 4 GB doimiy xotira örnatilgan. Smartfon ikki 3Ğni hamda ikki SIM-kartani qöllab-quvvatlaydi.

“Xitoyça” nusxa işlab çiqaruvçining ma'lum qilişiça, smartfon ulkan şuhratga ega bölmoqda.

Ma'lumot uçun, iPhone 6s smartfoni 2015 yilning 9 oktabrida sotuvga çiqarilgan edi.