2015 yil 29 oktabrda AQŞning Pfizer va Allergan farmatsevtika kompaniyalari özaro qöşiliş imkoniyatlarini örganib çiqdilar, bu joriy yilda M&A (mergers & acquisitions – “qöşiliş va qöşib oliş”) sohasidagi eng yirik bitim bölişi mumkin, deb The Wall Street Journal naşriga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda delo.ua naşri.

Pfizer kompaniyasining tuşumi oxirgi çorakda yildan yilga 6 foizga ösiş bilan 12,1 mlrd dollarga yetdi. Alergan savdolari oxirgi hisobot çoragida 10 foizga ösib, 5,8 mlrd dollarni taşkil etdi.

Alergan kompaniyasining bozordagi kapitalizatsiyasi 112,5 mlrd dollarni taşkil etadi, Pfizer kompaniyasiniki esa 218 mlrd dollarga teng. Şu tariqa kompaniyalarning birlaşişidan hosil böladigan kompaniyaning kapitalizatsiyasi tarmoqdagi eng kattasi böladi va Johnson & Johnson kompaniyasining kapitalizatsiyasidan ötib, 300 mlrd dollardan oşişi mumkin.