Respublikamiz va undan taşqarida gastrol-konsert faoliyatini, şuningdek töy, yubiley va boşqa tantanalarda konsert xizmatini körsatiş istagidagi san'atkorlar ijod namunalarini jonli ijro eta olgan taqdirdagina litsenziyaga ega böladi. Bu haqda “Özbeknavo” estrada birlaşmasi litsenziya bölimi boşliği Odiljon Abduqaxxorov Kun.uz saytiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, “Özbeknavo” estrada birlaşmasi qoşidagi Milliy estrada san'atini rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş kengaşi xuzurida maxsus ijodiy guruh taşkil etilgan bölib, uşbu guruh a'zolari nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni körib çiqadi.

2014 yildan boşlab esa litsenziya oliş istagidagi san'atkorlar ijodiy guruh qarşisida ijod namunalarini jonli ravişda ijro etib berişi talab etilmoqda. Şundan söng kengaş xulosasiga köra faoliyat olib boriş uçun litsenziya taqdim qilinadi.

Bunda vokal, ovoz eşitib köriladi, sahnada özini tutiş madaniyati, şe'r matni, musiqasi örganilib, milliy estradamiz talablariga mos xonandalarga litsenziyalar topşiriladi.
Mazkur intervyuning töliq matnini yaqin vaqtlar içida saytimiz orqali öqişingiz mumkin.