Aholini, xususan yoşlarni kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlarini amalga oşirişga jalb etiş maqsadida 2014 yilda 200 ming nafardan ziyod kollej bitiruvçilariga 200 mlrd sömlik imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. Bu haqda 30 oktabr kuni “Yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişda OAVning roli” mavzusida ötkazilgan seminar-treningda ma'lum qilindi.
Tadbir taşkilotçisi – Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi press-relizida keltirilişiça, ötgan 2014 yilda mamlakatimizda 1 millionga yaqin iş örinlari taşkil etildi. Buning natijasida ta'lim muassasalarining 600 ming nafardan ziyod bitiruvçisi iş bilan ta'minlandi.
Şuningdek, 200 ming nafardan ziyod kollej bitiruvçilariga umumiy qiymati 200 milliard sömlik imtiyozli mikrokreditlar taqdim etildi.