Toşkentdagi “Toşkent AERO” punkti xodimlari joriy yilning 9 oyi mobaynida tamaki mahsulotlari kontrabandasining 45 faktini qayd qilişgan. Bu haqda Davlat bojxona qömitasining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
Ta'kidlanişiça, bu operativ tadbirlar davomida umumiy qiymati 93 mln sömni taşkil qiladigan jami 16 ming quti sigareta uşlab qolingan.
Toşkent-Istanbul reysiga çiqayotgan S. Ahmedovning yuklari tekşirilganida Özbekiston aksiz markalari tuşirilgan 500 quti Kent sigaretalari topilgan. Yölovçi ularni deklaratsiyaga kiritmagani bois ular musodara qilindi.
Ş. Botirov esa Moskvaga uçib ketişida 400 quti Pall Mall sigaretalarini olib ketmoqçi bölgan. Şarja-Toşkent reysi böyiça poytaxtga taşrif buyurgan A. Saidakbarovning yuklari içidan esa umumiy qiymati 31 mln söm bölgan 2 310 quti Parliament sigaretalari topildi.
Bu voqealar yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.






