Markaziy Osiyoning minglab aholisi Suriyadagi IŞID terrorçilik guruhi safiga borib qöşilgan. Bu haqda AQŞning Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

"Markaziy Osiyoning minglab musulmonlari 2011 yildan, Suriyadagi uruş boşidanoq terrorçilar safiga borib qöşilgan. Ayrimlar IŞID tarkibiga, boşqalari esa “Front an Nusra” , boşqa birovlari esa “Al Qoida”ning Suriyadagi mahalliy şirkatiga borib qöşilgan”, - deyiladi maqolada.

Naşrning yozişiça, Suriyadagi janglarda jangarilar tarkibida mintaqaning beş mamlakati – Qirğiziston, Tojikiston, Özbekiston, Qozoğiston va Turkmaniston fuqarolari bor. Gazeta ma'lumotiga köra, Qirğizistonning özidan beş yuzga yaqin kişi terrorçilar safiga borib qöşilgan. Gazetaning qayd etişiça, ularning aksariyati IŞID safida turib jang qilmoqda. Naşr bunga misol qilib, Tojikistonning maxsus xizmatlari sobiq boşliği Gulmurod Xalimovning IŞID terrorçilik safiga ötib ketganini körsatgan.