2015 yilning 1 may kuni taşrif buyuruvçilarga öz eşiklarini oçgan öziga xos “Ekspo-2015” körgazmasi öz işini yakuniga yetdi. Yarim yil davomida mazkur körgazmaga 20 million nafardan ziyod kişi taşrif buyurdi.
31 oktabr kuni keçqurun bölib ötadigan “Ekspo-2015”ning tantanali yopiliş marosimida Italiya prezidenti Serjo Mattarella, Milan meri Juliano Pizapiya, viloyat rahbari Lombardiya Roberto Maroni iştirok etadi.
“Ekspo-2015” “Dunyo aholisiga oziq-ovqat. Hayot energiyasi” (Nutrire il Pianeta. Energia per la Vita) şiori ostida ötkazilib, unda dunyoning 140dan ziyod mamlakati, şu jumladan Özbekiston delegatsiyasi, uçta yirik xalqaro taşkilot – BMT, YeI hamda Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari uyuşmasi vakillari iştirok etdi.
Olti oy davomida körgazma hududida 7 mingdan ortiq turli tadbirlar taşkil etilib, ularda asosiy e'tibor oziq-ovqat xavfsizligi, qişloq xöjaligi texnologiyalarini rivojlantiriş, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslarni tejaş masalalariga qaratildi.
Bundan taşqari, körgazmaning alohida pavilonlari milliy oşxonalar, ovqatlar va qişloq xöjaligi tarixi, oziq-ovqat işlab çiqariş sohasidagi innovatsiyalar va bioxilma-xillikni asraş masalalariga bağişlanadi.
Navbatdagi jahon körgazmasi 2017 yilda Qozoğistonning Ostona şahrida bölib ötadi.






