Olimlar ayollarning birinçi farzand köriş yoşlari va ular hayotining davomiyligi örtasida özaro aloqa borligini aniqlaşdi: ularning ta'kidlaşiça, 26 dan 30 gaça yoşda ona bölgan ayollar qolgan ayollarga nisbatan uzoqroq yaşar ekanlar. Tadqiqot BMC Medicine jurnalida çop etildi.

Tadqiqotda 10 ta davlatdan 322 972 nafar ayol iştirok etdi. Ayollarning salomatliklari ular 50 yoş bölganlarida örtaça 12,9 yil davomida kuzatib borildi. Kuzatuv davomida 14383 nafar ayol vafot etgan, ulardan 5938 nafari onkologik, 2404 nafari yurak-qon tomiri tizimi kasalliklari sababli olamdan köz yumgan.

Olimlar birinçi farzand köriş yoşi, farzandning kökrak suti bilan boqilişi va bevaqt ölim xavfi özaro qanday boğlanganini tahlil qilişdi. Farzandli ayollar yoşroq öliş xavfiga 20 foiz kamroq uçraşlari, birinçi farzandni köriş uçun eng optimal yoş esa 26 dan 30 gaça bölişi aniqlandi. Bu barvaqt öliş xavfini yana 8 foizga kamaytirgan. Farzandni kökrak suti bilan boqiş ham onalarning salomatligi va ularning hayotlari uzoqligiga ijobiy ta'sir körsatgan.