29 oktabrda Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qömitasi “bir oilaga bir farzand” siyosatidan voz keçdi. Oksford universiteti ijtimoiy siyosat professori Styuart Gitel-Beystenning fikriça, jahon OAVlari Xitoy hukumatining bu qaroriga haddan ortiq yuqori baho berib yuborişgan va bu qaror Xitoyda sezilarli özgarişlarga olib kelmaydi.

Gitel-Beystenning ta'kidlaşiça, köpçilik odamlar xitoyliklarga ikki nafar farzand körişga imkon berilişi qarori mahalliy hukumat uçun “keskin buriliş” böldi deb öylamoqdalar, biroq aslida bu qaror 1984 yildan beri Xitoyda kiritib kelinayotgan islohotlarning bir qismi hisoblanadi.

Professorning fikriça, Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qömitasi “endi boşqa heç qanday ma'noga ega bölmagan unça xuşlanmagan siyosatdan” voz keçib “juda oqilona” yöl tutgan. Uning ta'kidlaşiça, 1978 yilda mamlakatda kiritilgan “bir oilaga bir farzand” siyosatining kiritilişi kabi uning bekor qilinişi ham mamlakatdagi demografik vaziyatga unça katta ta'sir körsatmaydi. Çunki bu çeklovning kiritilişigaça xitoyliklar orasida bitta farzand köriş odat tusiga kirib borayotgan edi.

Köpçilik OAVlar bu siyosatning bekor qilinişi Xitoyga aholining qarişi va tuğiş miqdorining oşişi hisobiga işçi kuçi miqdorining kamayişi muammosini hal qiliş uçun zarur edi deb xabar berdilar. Biroq, partiyaning fikriça, öz vaqtida farzand körişga çeklovning qabul qilinişi “millionlab bolalarning noçorlikda tuğilişining oldini oliş” uçun zarur bölgan va yalpi içki mahsulotning aholi boşiga sezilarli ösişidan keyin bu çeklovga ehtiyoj qolmadi.

Olimning fikriça, bu çeklovning bekor qilinişiga mahalliy amaldorlarning bu çeklovni “yomon otliq” qilişgani ham sabab bölgan. Uşbu siyosatning kiritilişi poralar oliş miqdorining oşişiga olib keldi, bu çeklovga amal qilmaslik uçun yiğilgan tölovlar esa köpinça “byudjyetdagi teşiklarni yopiş” uçun işlatilgan. Şuning uçun kompartiyaning bu qarori Xitoy raisining aksilkorruptsion siyosatining bir qismi ham hisoblanadi.

Xitoy hukumati oxirgi yillarda bu siyosat böyiça biroz “arqonni böşatdi” va ba'zi oilalarga ikki nafar farzand körişga ruxsat berdi. Biroq bu heç qanday samara bermadi, çunki bunday imkoniyatni olgan odamlar bir farzand bilan çeklanişni afzal kördilar.

Professorning ta'kidlaşiça, mamlakat böyiça umumiy statistika haqida gapirilmasa, özgarişlar juda kuçli böladi: endi yuz minglab xitoyliklar özlarining ikkinçi farzand köriş orzularini röyobga çiqara oladilar.

Olimning fikriça, Xitoy imij sabablariga köra ham siyosatdan töliq voz keça olmadi va farzand körişga çeklovni ikki farzand körişgaça oşirdi: agar çeklov töliq olinganda yillar davomida amal qilib kelgan “bir oilaga bir farzand” qoidasi “xato” bölganini bildirgan bölardi. Bundan taşqari, mamlakatda aholining ösişini nazorat qiliş bilan 6 mln ga yaqin odam şuğullanadi va agar çeklov töliq bekor qilinganda unda ular işçiz qolib ketgan bölardilar.  

Gitel-Beysten fikriça, uşbu çeklovning bekor qilinişi natijalarini faqatgina 10-20 yildangina töliq baholaş mumkin böladi.