Pentagon rahbari Eşton Karter Suriyaga yuboriladigan qöşimça kuçlar haqidagi ma'lumotni inkor etmadi.

"Biz hayotda öz samarasini berayotgan metodlar böyiça harakat qilişda davom etamiz, - dedi ayni damda iş yuzasidan Alyaskada bölib turgan vazir. – Biz IŞID jangarilariga qarşi kuraşayotgan guruhlarga yordam berişning yangi va zamonaviy usullarini öylab topamiz hamda ularni rivojlantiramiz”.

Karterning ta'kidlaşiça, AQŞ Suriyaga yuboriladigan maxsus qöşinlarning qanday rol öynaşini örganişda davom etadi.

Uning işonç bilan aytişiça, Suriya şimoliga jönatilayotgan harbiylarni yuqori xavf kutib turibdi.

"Bizning mahalliy qurolli guruhlarni qöllab-quvvatlaşdagi fundamental rolimiz va strategiyamiz harbiylarimizni xavf ostiga qöyadimi? Ha, şubhasiz”, - dedi vazir.