Bişkekda Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev va AQŞ davlat kotibi Jon Kerrining uçraşuvi bölib ötmoqda. Uçraşuv yopiq eşiklar ortida ötmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik va Afğonistonda terrorçilik guruhlari, jumladan IŞID va “Tolibon”ning faollaşişi munosabati bilan mintaqaviy xavfsizlikka oid savollar muhokama qilinadi.
Jon Kerri Qirğizistonga Markaziy Osiyo davlatlariga taşrifi doirasida keldi. Jon Kerri AQŞning Bişkekdagi elçixonasining yangi binosi oçilişida iştirok etdi.






