Dunyoning eng katta aviakompaniyalaridan biri Emirates Rossiyaning A321 samolyoti Sinay yarimorolida qulaşi sababli bu yarimorol ustidan parvozlarni amalga oşirişni töxtatdi. Rossiya samolyoti yarimorol hududi ustidan uçib ötayotganda falokatga uçragan. Bu haqda kompaniya vakiliga iqtibos keltirgan holda France Presse axborot agentligi ma'lum qildi.
“Emirates ayni paytda, qöşimça ma'lumot paydo bölmagunça, Sinay yarimoroli ustidan parvozlarni amalga oşirmaydi. Biz voqealarni kuzatib bormoqdamiz”, deb aytdi kompaniya vakili.
Bundan avval Germaniya va Fransiyaning eng yirik aviakompaniyalari Lufthanza va Air France ham yarimorol ustidan parvozlarni töxtatişini ma'lum qilgandi.
Aviakompaniyalarning bunday qaror qabul qilişiga OAVlarda IŞID terrorçilik guruhining göyoki bu falokatga aloqasi borligi va samolyotni urib tuşirgani haqida xabarlar paydo bölgani sabab bölgan.






