Misrda falokatga uçragan Rossiya samolyoti uçuvçisi falokatdan oldin Şarm-al-Şayh aeporotidagi avianozirlarga yordam sörab murojaat qilmagan. Bu haqda Misr fuqarolik aviatsiyasi vaziri Husam Kamol ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Avianozirlarning Rossiya samolyoti bilan aloqasi falokatgaça normal tartibda olib borilgan”, deb aytdi Kamol. Uning aytişiça, “rus uçuvçisi heç qanday yordam söramagan, samolyot radarlardan birdaniga yöqolib qolgan”.
Avvalroq Şarm-al-Şayh aeroportidagi manba samolyot havoga kötarilgandan keyin uçuvçi nozir bilan boğlanib, texnik nosozliklar haqida xabar bergani va yönalişni özgartirib, samolyotni Qohirada qöndirişga ruxsat söraganini aytgan. Şundan keyin aloqa uzilib qolgan.
“Interfaks” axborot agentligi Misrning aviatsiya sohasidagi rasmiylariga iqtibos keltirgan holda uçuvçi samolyot qurilmalari bilan paydo bölgan muammolar sababli Sinay yarimorolining şimolidagi Al-Ariş şahri aeroportida şoşilinç qönişni talab qilgan.
Voqea joyida qutqaruvçilar iş olib bormoqdalar. Qora qutilar topilgan va öqilişi boşlangan.
Rossiya Tergov qömitasi fojia yuzasidan ikkita jinoiy iş qözğatdi. “Kogalymavia” aviakompaniyasi va “Brisko” turoperatori (samolyotda şu kompaniya mijozlari bölgan) hamda Domodedova aeroportida (samolyot şu aeroportga biriktirilgan bölgan) tintuvlar ötkazilmoqda.
1 noyabr Rossiyada fojia qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e'lon qilindi.






