Rossiya Davlat dumasining xalqaro işlar böyiça qömitasi rahbari Aleksey Puşkov Rossiyada aviataşuvçilar sonini ikkita yoki uçtagaça kamaytirişni taklif qildi. U bu haqda “Russkaya slujba novostey” efirida aytdi.

Puşkovning fikriça, “aviatsiya davlat aralaşişi kerak bölgan sohadir”. Uning ta'kidlaşiça, qoldiriladigan kompaniyalar xususiy va davlat iştirokida yaratilgan kompaniyalar bölişi ham mumkin.

“Men şunga ahamiyat berdimki, oxirgi 50 yil davomida yuz bergan aviafalokatlar qoida böyiça örtamiyona kompaniyalar bilan boğliq bölgan. Bular charter reys uçun berilgan 5-10 ta samolyotga ega kiçkina firmalardir. Kompaniyalar şu tariqa kam xarajat qilib, maksimal foyda körişgan”, deb aytdi Puşkov. Uning aytişiça, bunday çora taqdim qilinayotgan xizmatlar sifatini, şu jumladan parvozlar xavfsizligini oşiradi.

Hozirda Rossiyada mahalliy va xalqaro yönalişlar böyiça xizmat körsatuvçi 40 dan ortiq aviakompaniya bölib, ulardan “Aeroflot”, “YuTeyr”, “Sibir (S7 Airlines)” va “Rossiya (Rossiya Airlines)” aviakompaniyalari eng yiriklari hisoblanadi.