Misrda halokatga uçragan A-321 samolyoti yölovçilarining jasadlarini qidiriş işlari yaqin vaqt içida tugallanadi. Bu haqda 1 noyabr kuni "Rossiya 24" kanali efirida RF FVV rahbari Vladimir Puçkov ma'lum qildi.
"Men yaqin vaqt içida misrlik hamkasblarimiz bilan barça qurbonlarning jasadlarini qidiriş işlarini yakunlaşimizga aminman", deydi Misr poytaxtiga yetib borgan Puçkov.
U halokat qurbonlarining yaqinlariga zarur yordamlar körsatilişini ham ma'lum qilgan.
Ayni vaqtda Rossiya FVV rahbari Vladimir Puçkov, Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov va Rosaviatsiya rahbari Aleksandr Neradko hamda Davlatlararo aviatsiya komiteti vakillari Sinayda Airbus A321 qulaşi bilan boğliq tekşiruvlarda iştirok etiş uçun Misrga yetib kelgan.
Eslatib ötamiz, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toşkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegişli Şarm aş-Şayx — Sankt-Peterburg yönalişi böyiça 9268 reysini amalga oşirayotgan Airbus-321 layneri parvozga kötarilgandan 23 daqiqa ötib radarlar ekranidan yöqoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yölovçi va yetti nafar ekipaj a'zosi bölgan.






