31 oktabr kuni London şahrida regbi böyiça Jahon Kubogi öz yakuniga yetdi.
Final bahsida Yangi Zelandiya va Avstraliya terma jamoalari özaro töqnaş kelişdi.
Londondagi "Tvikenxem" stadionida ötkazilgan final öyinida yangi zelandiyaliklarning 34-17 hisobidagi ğalabasi qayd etildi.
Bu bilan zelandiyaliklar uç karra jahon çempioniga aylanişdi. Bungaça Yangi Zelandiya terma jamoasi 1987 va 2011 yillarda ham dunyoning eng kuçli regbi terma jamoasi nomini qölga kiritişgan edi.
YaNGI ZeLANDIYa – AVSTRALIYa – 34:17 (16:3)
Yangi Zelandiya: urinişlar – Milner-Skadder, Nonu, Barrett, foydalaniş – Karter (2), jarima zarbalari – Karter (4), drop-gol – Karter.
Avstraliya: urinişlar – Pokok, Kuridrani, foydalaniş – Foli (2), jarima zarbalari – Foli.
Sariq kartoçka – B.Smit (Yangi Zelandiya)
30 oktabr kuni bronza medali uçun keçgan bahsda Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi Argentinani 24:13 hisobida mağlubiyatga uçratib, dunyoning uçinçi jamoasiga aylangandi.






