AQŞ hukumati Markaziy Osiyo davlatlariga kömak beriş böyiça bir qator yangi dasturlarini e'lon qildi, deb aytildi 1 noyabrda Samarqandda Özbekiston, AQŞ, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston taşqi işlar vazirliklari rahbarlari uçraşuvi yakunlariga köra AQŞ Davlat departamenti bergan xabarda.  

Xususan, gap “Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining raqobatbardoşligini oşiriş böyiça köp yillik dasturni amalga oşiriş haqida ketmoqda”. Bu dastur doirasida “xorijiy bozorlarga çiqiş maqsadida Markaziy Osiyo va şu jumladan Afğoniston va Pokiston sabzavotçilik va transport sohasidagi ustuvor sektorlarda eksportni kengaytiriş” közda tutilgan. Bu yangi texnologiyalar kiritilişi va “xalqaro darajadagi mahsulotlarni işlab çiqariş, xaridorlar va yetkazib beruvçilar bilan uzoq muddatli aloqalarni örnatiş” uçun işçilar malakasini oşirişni nazarda tutadi.  

AQŞ “Markaziy Osiyo savdo forumi” doirasida yana 6 ta uçraşuv ötkaziş majburiyatini oldi”. Davlat departamentida 5-forum yaqinda AQŞ tomonidan Qozoğistonda ötkazilgani ta'kidlab ötildi.

Şuningdek, gap iqlimning özgarişi va suv ta'minotini yaxşilaş, bir qator madaniy va ta'lim dasturlarini, şu jumladan ingliz tilini örganiş bilan boğliq dasturlar haqida ketmoqda.

Şu qatorda Vaşington “AQŞning Markaziy Osiyodagi universiteti dasturlarini 2018 yilgaça” qöllab-quvvatlaşga va'da berdi. Ma'lum qilinişiça, 2002 yildan beri bu maqsadlar uçun AQŞ tomonidan 30 mln dollar ajratilgan.    

AQŞ Davlat departamentida ta'kidlanişiça, 1991 yilda Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikni e'lon qilgan davrdan hozir kungaça “AQŞ mintaqadagi öz hamkorlariga umumiy miqdorda kömak dasturlari doirasida 8,8 mlrd dollar ajratgan”.