AQŞ harbiylari köp sathli raketalarga qarşi mudofaa tizimi sinovlarini yakunladi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
Sinovlar Tinç okeanidagi Ueyk oroli yaqinida ötkazildi. Unda raketalarga qarşi mudofaaga mas'ul bir qança taşkilotlar iştirok etdi.
Aytilişiça, sinovlar çoğida Aegis va THAAD tizimlarining ballistik va qanotli raketalarni tanib, yöq qiliş imkoniyatlari aniqlangan.
Xabarnomada ta'kidlanişiça, THAAD yaqin masofani uruvçi raketani aniqlab, yöq qila olgan; bundan taşqari, John Paul Jones eskadrilya mina taşuvçisi bilan birgalikda u örta masofani uruvçi raketani ham aniqlaşga muvaffaq bölgan.
Ammo tizimning özidan uçirilgan raketa texnik nuqson tufayli nişonga yetib bormagan. Buning sabablari örganilmoqda.
Tizimni qöllab-quvvatlaş alyansi asosçisi Riki Ellison AQŞ birinçi marta köp sathli mudofaa samaradorligini isbotlab berganligini alohida qayd qilib ötdi.






