AQŞ ma'muriyati Qirğiziston bilan harbiy hamkorlik böyiça bitim imzolaşni istaydi. Bu haqda Markaziy Osiyo davlatlari böylab rasmiy safar uyuştirgan AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri Qirğiziston TIV rahbari Erlan Abdullayev bilan uçraşuvi vaqtida aytib ötgan.
"Biz harbiy hamkorlik böyiça kelişuvga erişişning qaysidir bosqiçida turibmiz. Öylaymanki, ijobiy natijaga erişamiz", deydi Kerri.
U bu borada tomonlar qaysi bosqiçda turişganiga aniqlik kiritib ötmagan.
Kerrining ma'lum qilişiça, AQŞning Bişkekdagi Manas aeroportidan doimiy foydalanişi közda tutilmagan.
Bundan taşqari, Kerri Markaziy Osiyo siyosati AQŞ va Rossiya tanlovi asosida qurilmasligi kerakligi haqida aytib ötgan.






