25 yoşdan oşgan braziliyaliklarning yarmidan köproği eng oddiy matematik amallarni bajarişda qiyinçiliklarga duç keladi. Bu haqda 1 noyabr kuni Riu-Grandi-du-Sul federal universiteti (UFRGS) öqituvçilari rahbarligi ostida ötkazilgan tadqiqot xulosasida gap ketadi.
Izlanişlar jarayonida 75 foiz Braziliya aholisi örtaça arifmetik hisoblarni amalga oşira olmadi. Xuddi şunça miqdordagi mamlakat aholisi kasr nima ekanini bilmaydi, 63 foizi umumiy raqamning qaysidir foizini çiqara olmaydi. 43 foiz respondentlar matematika maktab çoğida eng yomon körgan fan bölganini tan olişdi. Sörovnomada qatnaşgan 60 foiz kişi darslarda qatnaşişni yoqtirmagan.
“Ta'limdagi uşbu böşliqlar qayğuli iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Matematikani yaxşi bilmaydigan jamiyat raqobatbardoşlik borasida muammolarga duç keladi”, - dedi tadqiqot koordinatori, UFRGS dotsenti Flaviu Komim. Uning sözlariga köra, muvaffaqiyatli iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ötkazilgan xuddi şunday tadqiqotlarda körsatkiçlar Braziliyanikiga qaraganda 4 barobar yaxşi bölgan.
Ayni örinda olimlar yoş braziliyaliklarning natijalari töğrisida ijobiy fikr bildirdi. “Biz yuqori texnologiyalar köproq joyni egallagan dunyoda yaşayapmiz. Ular matematik bilimlarga asoslangan. Gap kompyuter dasturlari va smartfonlar uçun ilovalar töğrisida ketmoqda. Bu esa odamlarni mazkur fanga qiziqtirmoqda”, - dedi Nazariy va amaliy matematika milliy instituti vakili Klaudiu Landim.






