AQŞ bilan Yaqin Şarqdagi muammolar böyiça muzokaralar olib boriş heç qanday ma'noga ega emas, çunki Tehron va Vaşington ular borasida diametral qarama-qarşi fikrga ega. Bu haqda Eron Islom Respublikasining oliy diniy yetakçisi va rahbari oyatulloh Ali Hameneiy mamlakat taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif va eronlik diplomatlar bilan uçraşuvida aytib ötdi.

“Yaqin Şarqdagi muammolarni yeçiş borasida Eron va AQŞ diametral qarama-qarşi fikrlarga egalar va AQŞ bilan bu borada muzokaralar olib boriş befoyda. Bizning Suriya, Yaman va Bahrayndagi vaziyatlarga munosabatimiz AQŞning maqsadlaridan 180 gradusga farqlanadi”, deb ta'kidlab ötdi oyatulloh.

Şu bilan birga Hameneiy diplomatik korpusni “Eronning uzoq muddatli manfaatlarini hisobga olib va mintaqadagi davlatlar rahbariyatlarining turli siyosiy qaraşlariga qaramasdan, qöşni davlatlarga nisbatan samarali va tinçliksevar taşqi siyosat yuritişga” çaqirdi.

Oyatulloh AQŞni uning taşqi siyosati Ğarbiy Osiyoga betartiblik olib kelganini ta'kidlab, Eron Vaşingtonning taşqi siyosatdagi gegemonligiga tinçgina qarab turiş niyatida emasligini aytdi. Hameneiy AQŞ Yaqin Şarqqa aloqasi yöqligi va “mintaqaning asosiy muammolari yeçimining bir qismi emasligini” ta'kidlab ötdi. U Eronning taşqi siyosatdagi tamoyillari boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslikdan iborat ekanligini yana bir bor ta'kidlab ötdi.