Rossiya aviakompaniyalari “Kogalimavia” aviakompaniyasining layneri falokatga uçragandan keyin Sinay yarimoroli şimolidan parvozlar amalga oşirişdan boş tortmoqdalar.

Bundan FlightRadar24 aviatsiyaga bağişlangan portalidagi ma'lumotlar darak bermoqda. Gap “Uralskiye avialinii”, “Katekavia”, Nordwind (“Severniy veter”), Ifly aviakompaniyalari haqida ketmoqda. 

Endi bu aviakompaniyalar samolyotlari boşqa uzunroq yönaliş böyiça uçadilar. Misol uçun Şarm-al-Şayhdan Moskvaga yölga ketadigan vaqt 10 daqiqaga uzayadi.

Aviakompaniyalar parvoz yönalişi borasida qarorlarni özlari mustaqil qabul qiladilar, deb aytilmoqda Rosaviatsiyada.

Avvalroq Sinay yarimoroli ustidan Air France, Lufthansa va Emirates Airlines aviakompaniyalari parvozlarni amalga oşirişni töxtatişga qaror qilganlari ma'lum qilingandi. Britaniyaning British Airways aviakompaniyasi Şarm-al-Şayhga parvozlarni amalga oşirişni davom ettirişini, biroq har bir parvoz oldidan xatarlarni batafsil taroziga solib körişini malum qildi.     

Davlatlararo aviatsiya qömitasi ijroçi direktori Viktor Soroçenko samolyot qulagan joy dastlabki kuzatuvdan ötkazilgandan keyin aviafalokatning birorta taxminini inkor etişga hozirça asoslar yöqligini aytdi.