Bugun, 1 noyabr kuni Turkiyada muddatidan avval parlament saylovi bölib ötdi. Ayni vaqtda saylovda ovoz beriş jarayoni yakunlandi va MSK byulletenlarni hisoblaşga kirişdi. Bu haqda The Guardian naşri xabar qildi.

"Saylov natijalari yaqin soatlarda ma'lum böla boşlaydi. Xalqaro kuzatuvçilar ovozlarni hisoblaş jarayonini diqqat bilan kuzatişmoqda", deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Turkiyadagi saylovlarda jiddiy hodisalar kuzatilmagan. Politsiya va jandarmeriya kuçaytirilgan xavfsizlik çoralarini körgan. Saylov uçastkalari yaqinida tartibni saqlaş qismlari navbatçilik qilmoqda. Asosiy çorrahalarga qöşimça postlar taşkil etilgan.

Tahlilçilar bugungi saylov yakunlariga köra mamlakatda 13 yildan buyon hukmronlik qilib kelayotgan, amaldagi boş vazir Ahmad Dovudöğlu boşçiligidagi Adolat va Taraqqiyot partiyasi ğolib bölişini başorat qilişmoqda.

1 noyabr kuni Turkiyaning 56 milliondan ziyodroq fuqarolari muddatdan oldingi parlament saylovlarida qatnaşdi. Saylovlarda 16ta partiya va 21 nafar mustaqil nomzod iştirok etdi. Şu maqsadda mamlakatda 175 ming ovoz beriş nuqtalarida iş olib borildi.

Turkiya Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra, ötgan saylovlarda ovoz bergan fuqarolar soni umumiy miqdorning 86 foizini taşkil etib, ötgan yillardagi eng yuqori natija qayd etildi.

Saylovlar xavfsizligini ta'minlaşga 380 ming nafardan ziyod huquq-tartibot organlari safarbar qilingan.

Mamlakatdagi asosiy törtta siyosiy kuç dasturlari deyarli özgarişsiz qolgan. Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) uning taşabbusi bilan boşlangan yirik infratuzilmaviy loyihalarni yakuniga yetkaziş, avvalroq qabul qilingan 2023 yilga qadar rivojlaniş dasturi doirasida harakat qiliş, ijtimoiy nafaqalar miqdorini oşiriş, yoşlar masalasi bilan şuğullanişni va'da bermoqda. Partiya, şuningdek, yangi konstitutsiyani işlab çiqiş va qabul qiliş, kurdlar masalasini hal etiş, mamlakat içkarisida terrorizm masalasiga uzil-kesil nuqta qöyişni rejalaştirmoqda.

Muxolifatdagi Xalq respublikasi partiyasi (XRP) va Milliy harakat partiyasi (MHP) öxşaş dasturlarga ega bölib, ijtimoiy tölovlar hajmini yuksaltiriş, kambağal va imkoniyati çeklanganlarga moddiy yordam körsatiş, eng kam maoş miqdorini kötariş, işçi örinlari sonini oşirişni va'da qilmoqda. XRP mamlakatda poraxörlikka qarşi kuraş rejasidan voz keçgani yöq. Muxolifat ATP ma'muriyatini ularning köplab mintaqaviy qöşnilari bilan munosabatlarda keskinlikni keltirib çiqargan, şuningdek, Turkiyaning Suriyaga nisbatan tutgan siyosatining barbod bölişiga olib kelgan taşqi siyosatini qattiq tanqid qildi.

Kurdlarning Xalqlar demokratiyasi partiyasi (XDP) esa 7 iyunda bölgani kabi öz atrofiga kurdlardan taşqari, boşqa partiyalar atrofida birlaşmagan saylovçilarni ham jamlamoqda. Biroq Kurdiston işçi partiyasi bilan boğliq voqea-hodisalardan söng köpçilik mutaxassislar tomonidan mazkur partiyaga bölgan işonçga darz yetgani aytilmoqda.

Avval bölib ötgan saylov natijalariga köra, mamlakat boş vaziri Ahmad Dovutöğlining ATP saylovlarda 40,6 foiz ovoz töplab yetakçilik qilgan edi. Biroq ular parlamentdagi 550 örinning 258tasini egallab, konstitutsion köpçilik maqomiga ega böliş uçun töplaniş lozim bölgan 276ta örinni qölga kirita olmagan edi. Şunday qilib, 12,5 yil içida birinçi marta hukmron bölib kelgan partiya öz mavqeyining pastlaşuviga guvoh böldi. XRP va XDP partiyalari 2011 yildagi natijalarini oşirişga muvaffaq böldi va 132 hamda 80 deputatlik örnini qölga kiritdi. Şu yöl bilan XDP sönggi 12 yil içida ilk bor Majlisdagi 80 örinni egallab, mamlakatdagi törtinçi eng yirik partiya maqomiga ega böldi.