AQŞning Janubiy Xitoy dengiziga dengiz kuçlarini yöllaganiga javoban XXR dengiz kuçlari maşğulotlarini boşladi va ularning doirasida havoga qiruvçilarini kötardi. Bu haqda Gongkongning South China Morning Post naşri xabar berdi.
Aytilişiça, öquvlar doirasida bu qiruvçilarning suratlari olinib, mudofaa harbiy dengiz flotining rasmiy saytida joylaştirildi. Ekspertlarning fikriça, Xitoyning bunday çoralar körişidan maqsad AQŞ kemasining Janubiy Xitoy dengizi akvatoriyasiga kirişi va u yerda patrul örnatişiga noroziligini bildirişdir.
Gap şundaki, USS Lassen kemasi Xitoy uşbu dengizda yaratgan sun'iy orollar yaqiniga Pekinning ruxsatisiz kelib, bir neça kundan buyon turibdi. Bu rasman Xitoy va u bilan suv çegaralariga ega davlatlar örtasidagi bahslarning alangalanmasligi kafolati sifatida körilsa ham, lekin XXR bunda öz suverenitetiga tahdid körmoqda.






