Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va matbuotda köplab muhokamaga sabab bölayotgan xonanda Munisa Rizayeva 19-21 oktabr kunlari “Istiqlol” san'at saroyida ötkazgan konsert dasturidan söng yana bir bora internet qahramoniga aylandi. Voqea tafsilotlari “Darakçi” gazetasida keltirildi.

Gap şundaki, konsertning oxirgi kuni bölmiş 21 oktabrda xonanda tuğilgan kunini nişonlayotgan edi. Kontsert çoğida Rizayevaga “syurpriz” tariqasida katta ekranda Rossiya va Ukraina estrada yulduzlari Filipp Kirkorov, Ani Lorak, Valeriy Leontev, Stas Mixaylov, Nikolay Baskov va boşqalarning tabriklari namoyiş etildi. Ta'kidlanişiça, bu tabrikdan Rizayevaning özi ham juda xursand bölgan va, balki uning montaj ekanligidan bexabar bölgan.

Ertasiga aktrisa Şahzoda Muhamedova ijtimoiy tarmoqdagi öz sahifasiga öşa videodan parça joylaştirilganda ayrim foydalanuvçilar tezda uning originalini topib berdi. Ma'lum bölişiça, klip rossiyalik xonanda Lolitaning 50 yilligi munosabati bilan yöllangan tabriklar kesmasidan iborat ekan.
Bu holat muxlislar örtasida qizğin bahslarni keltirib çiqardi. Munisa Rizayevaning özi ham muhokamani kuzatib borgan şekilli, özini tutib turolmadi va birozdan söng video ostiga “Odamlar, uyalmaysizmi, tuhmat qilişga? Hammangizni Xudo soldim”, deya izoh qoldirdi.

Bunday vaziyat nega yuzaga kelganini konsert boş rejissyori Rustam Şamsiddinov ham aniq tuşuntirib bera olmadi.
“Syurpriz”ga keladigan bölsam, - dedi u, - buni Munisaning fan-klubi a'zolari tayyorlaşgan. Nima maqsaddaligini bilmadig-u, tabriklarni töplab, uni Munisaga qayta taqdim etişgan”.

“Balki rejissyor va fan-klub a'zolari “syurpriz qilişmoqçi bölişgandir, ammo bu Munisa uçun omadsiz sovğa böldi deb öylaymiz, - xulosa qildi material muallifi. – Aniqroği, aslida boşqa bir yulduzga atalgan, internetdan şundoq köçirilib taqdim etilgan uşbu sovğa darhaqiqat Munisani noqulay ahvolga solib qöygani açinarli böldi”.