Özbekistonda ijtimoiy xarajalar uçun ajratiladigan xarajatlarning soliştirma hajmi 2015 yildagi 58,7 foizdan 2016 yilda 59,2 foizga qadar ortadi.
Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar böyiça qömitasining 2015 yil 29 oktabrda bölib ötgan majlisida ma'lum qilingan.

Qayd etilişiça, ijtimoiy xarajatlarda salmoqli örinni egallaydigan ta'lim va soğliqni saqlaşga ajratiladigan mablağlar miqdori 2015 yilgi bilan soliştirilganda ösiş tendensiyalarini saqlab qoladi. 2016 yilda YaIMda ta'lim va soğliqni saqlaşning soliştirma uluşi mos ravişda 6,8 va 2,8 foiz bölişi başorat qilinmoqda.

Deputatlarning ta'kidlaşiça, 2016 yildagi byudjyet siyosati konsepsiyasida asosiy e'tibor byudjyet xarajatlarining ijtimoiy yönaltirilganini oşiriş, aholiga manzilli ijtimoiy yordam körsatiş va byudjyet taşkilotlari işçilarining oylik maoşi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalarning har yillik kötarilişi hisobiga aholi farovonligini izçillik bilan oşirişga qaratiladi.

2016 yilda davlat byudjyeti daromadlari 40,5 trillion sömni, xarajatlar – 42,7 trillion söm va defitsit – 2,2 trillion söm yoki YaIMga nisbatan 1 foizni taşkil etilişi körib çiqilmoqda.