Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev real harbiy vazifalarni bajara oladigan armiya tuzişga körsatma berdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berişiça, bu haqda 3 noyabr kuni mamlakat mudofaa kengaşi kotibi Temir Jumaqodirov bilan uçraşuv çoğida aytilgan.

“Prezident mamlakat qurolli kuçlari islohoti armiya harbiy layoqatini real darajada oşirişga xizmat qilişi, uni zamonaviy hamda real harbiy vazifalarni bajara oladigan kuçga aylantirişi lozimligini ta'kidladi”, - deyiladi matbuot xabarnomasida.

Ilgariroq Bişkek Moskva bilan Rossiya tomonidan Qirğiziston armiyasiga 1 mlrd dollar miqdormidagi qurol-yaroğ va harbiy texnika yetkazib berilişi borasida kelişuvga erişgani haqida xabar qilingan edi.