Sirğali avtobozorida sotilayotgan eng xaridorgir Chevrolet Captiva krossoverlarining narxlari unga raqobatçi bölayotgan bir qator çet el yöltanlamaslari bilan qiyoslab körildi.


Keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, Captiva’ning örtaça narxlari, yili va yurgan yöliga qarab, 18 ming dollardan 12 ming dollargaça bormoqda: agar 2008 yili çiqarilgan, mexanik transmissiyali 87 ming km yöl bosgan maşina narxi 12 ming dollardan oşmasa, 2012 yil Captiva 2 modellari 18 ming dollardan kamiga sotilmayapti. Bundan taşqari, 14.5 va 13 ming dollarga bu rusumdagi maşinani xarid qiliş mumkin.



Ayni paytda, avtobozorda unga raqobatçi bölayotgan Infiniti EX 35 25 ming dollarga, Toyota Land Cruiser narxi 16 ming dollarga, Toyota RAV 4 23 ming dollarga, Hyundai Tucson 16 ming dollarga, Toyota Land Cruiser Prado 28 ming dollarga baholanmoqda.






