Ötgan hafta Xitoy kompartiyasi “bir oilaga bir farzand” qonunini yumşatib, oilalarga 2 farzand körişga ruxsat berilişini ma'lum qilgandi. Biroq yangi qoidalar 2016 yilning mart oyidan qonunan kuçga kiradi.
Ungaça barça avvalgi qonunga amal qilişi kerak böladi, deb xabar bermoqda Xitoy Soğliqni saqlaş va rejali tuğruq işlari böyiça davlat qömitasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Xuan viloyati ijtimoiy xizmati mansabdor şaxsi yangi qonun e'lon qilinişi paytida homilador bölgan ayollarni qonunni buzganlik uçun heç qanday jazo kutmasligini aytdi. Xitoy Soğliqni saqlaş va rejali tuğruq işlari böyiça davlat qömitasi bu xabarni inkor etdi.
“Yangi qonun kuçga kirmagunça, mahalliy ma'muriyatlar amaldagi qonunga amal qilinişini qattiq nazorat qilişi, tuğiliş miqdori hisobini olib borişi va özi mustaqil qaror qabul qilmasligi lozim”, deb aytildi qömitada.
Xitoyda bir neça önlab yillar davomida faqatgina bir nafar farzand körişga ruxsat berilgan, köp farzandlikka qat'iy soliqlar solingan. Pekin aholisiga 2013 yildan ikki nafardan farzand körişga ruxsat berilgan.






