Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro Z. Nazarov OAVga yöllagan maktubida tumanda har yili oktabr oyi yarmidan elektr energiyasi berilişida uzilişlar paydo bölişini aytib, buning sabablarini suriştirdi. Uning savoliga “Özbekenergo” DAK boşqarma boşliği örinbosari U. Xakimov javob berdi.
“Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori 7-bandida iste'molçi öziga tegişli elektr tarmoqlariga ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida kuçlanişi ming voltgaça bölgan qöşimça elektr qurilmalarini ulaşi mumkin (elektr energiyasining isitiş va issiq suv ta'minoti uçun qöllanişidan taşqari) deb belgilab qöyilganiga qaramasdan isitiş va issiq suv ta'minoti uçun foydalanişalir oqibatida elektr energiyaga bölgan talab keskin oşib ketişiga olib kelmoqda, - uning sözlarini keltiradi “Darakçi” gazetasi. – natijada energetika tizimidagi avariyalarning oldini oliş maqsadida 110 kV kuçlanişli havo elektr uzatiş tarmoğida UON (ustroystvo otklyuçeniya energii) avtomat tizimi işlaş holatlari kuzatilmoqda”.
“Bundan taşqari, - qöşimça qildi u, - foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdor bölgan iste'molçilarni elektr tarmoqlaridan uziş hamda rejali ta'mirlaş işlarini olib boriş vaqtida xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida elektr tarmoqlaridan almaşlab ulaş işlari bajariladi”.






