Braziliya futbol konfederatsiyasining sobiq prezidenti Xose Mariya Marin AQŞga ekstraditsiya qilindi. Bu böyiça qaror 28 oktabr kuni Şveytsariya Adliya va politsiya vazirligi tomonidan qabul qilingan.

FIFAdagi mojarolar şu yilning may oyidan beri davom etib kelmoqda. 26 may kuni taşkilotning vitse-prezidenti, ijro qömitasi a'zosi Jyeffri Uebb, vitse-prezident Euxenio Figeredo, ijro qömitasi Eduardo Li, rivojlaniş masalalari direktori Xulio Roça, KONKAKAF prezidenti attaşesi Kostas Takkas, Venesuela futbol federatsiyasi rahbari Rafael Eskevel va Braziliya FKning sobiq prezidentiga Xose Mariya Marin poraxörlik jinoyati böyiça gumonlanib, qölga olingandi.

Tergov ma'lumotlariga köra, FIFA tizimida keyingi 20 yilda poraxörlik muammosi keng miqyosda avj olgan. Futbol amaldorlari poraxörlikdan taşqari, firibgarlik va pul yuviş jinoyatlarida ayblanmoqda.