Finlyandiya ijtimoiy suğurtalaş boşqarmasi (Kela) ijtimoiy va boşqa imtiyozlar evaziga har bir fuqaro hisobiga 800 yevro miqdorida sözsiz daromad yoziş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda Yle naşri xabar bermoqda.
Yangi tizim ikki bosqiçda joriy qilinadi. Birinçisida 550 yevro evaziga imtiyozlardan qisman voz keçiş, ikkinçisida esa 800 yevro evaziga töliq voz keçiş közdan tutilmoqda.
Kela bu tizim mamlakat moliyaviy tizimi töladan qayta körib çiqilişiga zamin bölişiga umid qilmoqda. Taşkilot tadqiqot departamenti rahbari Olli Kangasning sözlariga qaraganda, loyiha rejasi 2016 yil noyabriga qadar hukumatga taqdim etiladi.






