Kuba hukumati 326ta loyihasini amalga oşiriş uçun 8,2 milliard dollar sarmoya kiritadigan xorijlik investorlarni qidirmoqda, deya xabar berdi Reuters.

Taşqi savdo vaziri Rodrigo Malmerka Gavana xalqaro yarmarkasida mamlakat portfelini namoyiş etdi. Taqdim etilgan loyihalar orasida uşbu davlat uçun an'anaviy bölgan spirtli içimliklar işlab çiqariş kabi loyihalar ham, şuningdek, mahalliy bozor uçun yuqori sifatli televideniye texnologiyalarini yetkazib beriş közda tutilgan dasturlar ham örin olgan.

Qayd etilişiça, sarmoyadorlarga katta miqdordagi tanlaş imkoniyatini taqdim etiş orqali Kuba har yili eng kamida 2 milliard dollar xorij sarmoyasini jalb qilişni közlagan.
Malmerkaning ta'kidlaşiça, mamlakat bitta bozorga qaramlikka heç qaçon qaytmaydi va diversifikatsiya sari intilmoqda.