Moskva şahrida özini bank xodimi sifatida taniştirgan noma'lum şaxs 2 nafar mijozni firibgarlik yöli bilan aldab, ularning 180 ming dollar miqdoridagi pulini özlaştirgan. Bu haqda politsiyaga asoslanib, TASS naşri xabar bergan.
"3 noyabr kuni Sadovo-Kudrinskoydagi bankka 2 kişi dollarni rublga almaştiriş maqsadida kelişgan. Ular bu yerda özini bank xodimi deb taniştirgan firibgarga röbaru bölişgan va biri 100 ming, ikkinçisi 80 ming dollar miqdoridagi pulni unga tutqazişgan. Firibgar esa pullarni olib, ğoyib bölgan", deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda uşbu hodisa böyiça jinoiy iş qözğatilgan va jinoyatçini qidiriş işlari olib borilmoqda.
Firibgarning taşqi körinişi bankdagi kuzatuv kameralarida muhrlanib qolgan.






