Zangiotalik şaxs unga dakki bergan qöşnisidan “öç oliş” maqsadida uning maşinasini öğirlab ketib, mastligi bois halokatga uçradi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
1974 yili tuğilgan Albert Gilfanov köpdan buyon iş topolmay yurib, axiyri içkilikka mukkasidan ketdi. Buning natijasida uning oilasida ham muammolar kelib çiqadigan böldi.
Bir kuni u mast holda uyga qaytayotganida yoşi kattaroq qöşnisi Bahodir unga dakki berib, “qaçongaça bunaqa içib yurasan” qabilida gapirdi. Bundan jahli çiqqan Gilfanov Bahodirdan “öç” olişga qaror qildi.
Şu yerning özida Bahodir maşinasini safarga hozirlab, qizdirayotgan edi. Gilfanov darrov maşinaga ötirib, uni haydab ketdi. Bahodir yölovçi maşinani töxtatib, uning ortidan quva ketgan.
Mast ahvoldagi Gilfanov tez orada boşqaruvni qöldan boy berib, yöl çetidagi tut daraxtiga urilgan.
Ayni paytda maşinaga keltirilgan zararni ötay olmagan Albert Gilfanov sud oldida javob bermoqda.






