“Hisorni töla rivojlantiriş” loyihasi doirasida Jarquduq va Adamtoş konlarida texnologik obektlarni elektr quvvati bilan ta'minlaşga qaratilgan ikki stansiya qurildi, deb xabar beradi Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasining Özbekistondagi operatori LukOil Uzbekistan Operating Company.
Ekspluatatsiyaga 2x6300 kVA li 2 transformatorga ega PS 110/10 “Jarquduq” hamda 2x25000 kVA li 2 transformatorga ega PS 110/10 “Adamtoş” stansiyalari topşirildi. Ular PS 220/110/10 “Paçkamar” elektrostansiyasi tomonidan VL-110 kV liniyasi böyiça ta'minlanadi.






