AQŞning Vaşington ştatida qotillik amalga oşiriş maqsadida odam öğirlaş aybi bilan uç ösmir hibsga olindi. Ösmirlar Kenevik şahrida Xezel Abel ismli 86 yoşli kampirni öz uyidan öğirlab, ayolni öz avtomobili yukxonasida Oregon ştatiga olib ketişgan. Bu haqda Vaşington ştati okrug şerifi boşqarmasi vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Yoş bosqinçilar Portlend şahri yaqinidagi Maltnoma grafligidagi dökon oldida töxtab, xarid uçun dökonga kirib ketişganda keksa ayol yukxona eşigini içkaridan oçib, yordamga çaqirişga muvaffaq bölgan. Jinoyatçilar qölga olindi. Ular 14 va 15 yoşli ikki ösmir hamda 16 yoşli qiz bölgan. Ularning barçasi ayol yaşagan şaharda istiqomat qilgan.

Keksa ayolga tibbiy yordam körsatişga ehtiyoj bölmadi, u voqeadan keyin töğri uyiga yöl oldi. Jinoyatçilar öz qilmişlari uçun sud oldida javob beradilar, deb aytdi politsiya vakili.