Bişkekda Qirğiziston va Tojikiston örtasida delimitatsiya va demarkatsiya böyiça muzokaralar boşlandi. Bu haqda 24.kg agentligi xabar bermoqda.
Aytilişiça, bugun Bişkekka Qirğiziston hukumatining taklifi bilan Tojikistonning boş vazir örinbosari boşçiligidagi delegatsiyasi taşrif buyurgan.

Uçraşuvda bahsli uçastkalarda qayta çegaralaş va çegaralarni qaytadan belgilaş masalalari körib çiqiladi. Xususan, Tojikistonga 12 ga çegaraoldi hududlarini ötkaziş masalasi yuzasidan fikr almaşiladi. Barça bahslar mahalliy bosqiçda hal qilinişi közda tutilmoqda.

Öz navbatida, Qirğiziston Tojikistondan yuqoridagiga teng uçastkalarni olişga umid qilmoqda. Gap Qirğizistonning Köktoş qişloği içida joylaşgan Dahma nomli qişloği haqida ketmoqda. U rasman Tojikistonga qaraydi.