Finlyandiya migratsiya xizmati noyabr oyi davomida afğonistonlik qoçqinlarni qabul qilişning yangilangan qoidalarini çop etişni rejalaştirmoqda. 4 noyabrda xizmat tomonidan tarqatilgan xabarda aytilişiça, bu qoidalar Afğonistondagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyatni baholaşga asoslanadi.
Migratsiya xizmati ma'lumotlariga köra, joriy yil boşidan Finlyandiyaga 25,3 mingdan köproq muhojir kelgan. Muhojirlarning asosiy qismini iroqliklar – 17 ming nafarni, afğonistonliklar esa 2 mingdan köproqni taşkil qiladi. Yana 2 mingga yaqin Somali fuqarolari ham bor. 2014 yilda Finlyandiya 4 mingga yaqin odamni qabul qilgan.
Oktyabrda iroqlik va somalilik qoçqinlarni qabul qilişning qoidalari yangilangan edi – ularga qoçqin maqomi beriş qat'iylaştirildi. Bu şu bilan boğlanganki, fin hukumatining baholaşiça, bu davlatlardagi ba'zi hududlar yaşaş uçun yetarliça xavfsiz hisoblanadi.
Finlyandiya IIV ma'lumotiga köra, mamlakatga yil oxirigaça 30-35 ming nafar boşpana sörovçilar kelişi mumkin.






