Yaponiyaning Honda avtomobilsozlik kompaniyasi AQŞ bozoridan orqa tormozlardagi nuqsonni bartaraf etiş maqsadida 145 mingta mototsiklini çaqirtirib olmoqda. Ma'lum qilinişiça, nosozlik yonğin yoki falokatga olib kelişi mumkin.
2001-2010 yillarda hamda 2012-2015 yillarda işlab çiqarilgan GL1800 modelidagi mototsikllar çaqirtirib olinmoqda. Bundan taşqari, 2001-2005 yilda işlab çiqarilgan GL1800A va 2013-2015 yillarda işlab çiqarilgan GL1800B modelidagi mototsikllarda ham muammoli qismlar almaştiriladi.
Honda ma'lumotlariga köra, bu modellardagi orqa tormozlar işlamay qolib, qizib ketişga va buning oqibatida yonğinga olib kelişi mumkin. Kompaniya 2014 yilda şu nuqson tufayli yuz bergan 8 ta yonğin holatidan xabari bor. Avvalroq ham kompaniya şu muammo tufayli bir neçta modeldagi mototsikllarni çaqirtirib olgan edi.






