Jahon banki tomonidan Xorazm viloyati böyiça deyarli 2 mlrd dollar qiymatida 15ta yönaliş böyiça loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda telegraf.uz naşri xabar tarqatgan.

Uşbu mablağ viloyatda qişloq xöjaligini rivojlantiriş moliyaviy hamda ekologik barqarorlikni yaxşilaş, suv resurslarini boşqarişni takomillaştiriş, energiya samaradorligiga erişiş kabi maqsadlarga sarflanadi.

Bu haqda Xorazm viloyatida Jahon banki delegatsiyasi iştirokida «2016-2020 yillarida Jahon banki guruhi va Özbekiston hamkorligi Kontseptsiyasi» masalalariga bağişlab ötkazilgan yiğilişda malum qilindi.

Xabar qilinişiça, joriy yilning özida 1,6 mlrd AQŞ dollaridan ortiq loyiha böyiça işlar amalga oşirildi. Jahon banki tomonidan körsatilgan amaliy kömak tufayli viloyatda birlamçi tibbiy sanitariya yordamini yaxşilaşning işonçli tizimi yaratildi. Şu bilan birga bank tomonidan tibbiyot xodimlarini öqitiş, ularning malakasini oşiriş masalalari böyiça öquv va seminar-treninglar taşkil qilinmoqda. Fermer xöjaliklariga taqdim etilayotgan kredit liniyasi 95500 gektar maydondagi irrigatsiya va drenaj tizimini yaxşilaşga imkon berdi. 600 ta fermer xöjaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaşga ixtisoslaşgan kiçik va örta biznes korxonalarga parrandaçilik va baliqçilikni rivojlantiriş yuzasidan zamonaviy texnologiyalarni sotib oliş uçun hamda qişloq xöjaligini talablar darajasida taraqqiy toptiriş böyiça pul mablağlari bilan amaliy yordam berib kelinmoqda.