Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Fransiya rahbariyati va tadbirkorlar doirasi bilan mamlakat iqtisodiyotiga sarmoyalar miqdorini oşirişni muhokama qiladi. Qozoğiston yetakçisni matbuot kotibi Dauren Abayev ma'lumotiga köra, 5 noyabrda boşlanadigan Fransiyaga taşrifi doirasida Nazarboyev Fransua Olland va fransuz tadbirkorlari bilan muzokaralar olib boradi.

“Bir qator jiddiy tijoriy bitimlar imzolanişi kutilmoqda”, - deyiladi Nazarboyev matbuot xizmati xabarida.
Fransiya Qozoğistonning eng yirik sarmoyador va iqtisodiy şeriklaridan hisoblanadi. Mazkur mamlakat tadbirkorlari Qozoğistonga 11 mlrd dollardan ziyodroq investitsiya kiritgan. Ayni paytda qöşni davlatda 130ta fransuz kompaniyasi faoliyat olib bormoqda.

Nazarboyev Britaniya poytaxtidan tadbirkorlar doirasi bilan bölib ötgan muzokaralar yakunida umumiy qiymati 5 mlrd dollarni taşkil etuvçi 40ta bitimni imzolaganidan söng Fransiyaga parvoz qildi. Parijga taşrifi doirasida Nazarboyev YuNeSKO boş direktori Irina Bokova bilan ham uçraşib, taşkilot boş konferensiyasining 38- sessiyasida çiqiş qiladi.